Yulduz

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

YULDUZ Sarlavhasin topmay gohida She’rim uzra qo‘yaman yulduz. Posbon bo‘lsin she’rim boshida O‘sha yulduz kecha-yu kunduz. Zuhro kabi yaraqlab tursin Tunlar o‘zim yumganda ko‘zim. Hech so‘nmasin, charaqlab tursin, So‘nganda ham mening yulduzim.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.