Kuy avjida uzilmasin tor

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

KUY AVJIDA UZILMASIN TOR Kuy avjida uzilmasin tor, She’r yarmida sinmasin qalam. Yashab bo‘lmay umrini zinhor Bu dunyodan ketmasin odam. Qo‘ldan tushib sinmasin qadah, Lab tekkanda to‘kilmasin may. To’xtamasin urib turgan qalb, Boshlab qo‘ygan qo‘shig‘i bitmay.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.