Kecha va kunduz

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

KECHA VA KUNDUZ Yorug‘ dunyo bor ziyosin teng Taqsim etgan kecha, kunduzga. Nur qadriga yetmay tun, uni - Sochdi oyga, minglab yulduzga. Shundan oyning yuzi dog‘ ekan... Yulduzlar ham xuddi munchoq yosh. Kunduz esa barcha nuridan Yaratibdi birgina quyosh.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.