Kiprigingdan o‘q uzib
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
KIPRIGINGDAN O‘Q UZIB
Kiprigingdan o‘q uzib
Ko‘ksim aro zahm aylading,
Dilni zabt etmoqqa balki
Choh o‘yib lahm aylading.
Tashna ko‘nglim ichmasin deb
Ko‘z yoshimdan qatra ham,
Ashk soyining yo‘liga
Kiprigim dahm aylading.
Sen o‘zing kirding ko‘ngilga
G‘am sipohin boshida,
G‘aflat uyqusida erdim, .
Ayt, nechuk fahm aylading?
Sen ko‘ngil mulkini toroj,
Qalb uyin vayron etib,
Рога qildingmu tanimni,
jonima rahm aylading.
Oshiq o‘lding, ey ko‘ngil,
G‘am lashkaridan qo‘rqmagil,
Bari chopku oldda, Erkin,
Ne uchun vahm aylading?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish