Sarv
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SARV
Kecha oydin, mavjli dengiz,
Kuy to‘qir bedor sarv,
Oy kelib sarv uzra qo‘ndi,
Bo‘ldi oyruxsor sarv.
Ikki sarvning o‘rtasida
Men turibman lol-u gang,
Bir tomon sarv qadli dildor,
Bir tomon dildor sarv.
Lol-u gungman, boisi sarv,
U seni ko‘rgan kecha
Yerga kirmabdir, taajjub,
Bu qadar beor sarv
Bir boqishda oshiq olmak
Bul ajablik demagil,
Bir kо‘rib qaddingga mangu
Bo‘ldi-ku xushtor sarv.
BO‘y cho‘zib har yon qaraydur,
Bundaman deb ayt, sanam,
Qomatingni bir ko‘rarga
Kechadin xummor sarv.
Men-ku yor vasliga keldim
Sarv tag‘in xilvat bilib,
Erta tong olamga so‘ylab
Qilmagin oshkor, sarv.
Lablaridan bo‘sa izlab
Jon suvin topdim bu kech.
Sarv tagida baxtli bo‘ldim,
Ham bu baxtga yor sarv.
Soch-u qadding yodin Erkin
Gar unutsa bir nafas,
Unga sunbul sirtmog‘ olsin,
Mayli, bo‘lsin dor sarv.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish