O‘lka
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
O‘LKA
Bog‘laringni sayr etganimda
Sen bor eding qalbda, Vatanim.
Bog‘ husniga she’r bitganimda
Uni dastlab senga atadim.
Minglab tilda madhingni so‘zlar
Bunda o‘sgan har bitta daraxt.
Nur emadi millionlab ko‘zlar
Ko‘kdan sening husningga qarab.
Jilmayadi o‘zida yo‘q shod
Yangi oy ham ketmay qoshingdan.
Etak-etak olib koinot
Yulduzlarin sochar boshingdan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish