G‘uncha
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
G‘UNCHA
Barg ostidan muloyim !
Boqqan iboli g‘uncha,
Ne sirni saqlagaysan,
Bag‘ring nechun tuguncha?
Pinhon siring bayon et,
Ko‘ksingni qilma ko‘p qon,
Bu yoki ishq atalgan
Bizga ayon tushuncha?
Sevmoq uyat emasdir,
Har kimda bor bu savdo,
Qo‘y, ko‘p qizarma, g‘uncha,
Boshingni egma buncha.
Bo‘ldingmi men kabi yo
Bir bevafoga oshiq,
Ayt, sevganingni senga
Parvosi yo‘qmi uncha?
Gulgun yanog‘ing uzra
Bir tomchi yosh kо‘rarman,
Kel, birga dardlashaylik,
Uy-uyda yig‘laguncha.
Men ham axir seningdek
Izhori ishq etolmay
Ko‘ksimda dudi ohim
Dashtlar aro kuyuncha.
Ey g‘uncha, sabr aylab
Umidi vasl qilg‘il,
Hijron-u yor jafosi
Bizga faqat buguncha.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish