So‘ngan yulduzlar

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SO‘NGAN YULDUZLAR Koinot qa’ridan Million yil yurib, Bukun derazamga Qo‘ngan yulduzlar! Ming yillar ilgari Taratgan nurin, Ming yillar ilgari So‘ngan yulduzlar! Kim aytar sizlarni. Umri bitgan deb, Hamon ko‘k sahnida Porlab turibsiz. Jozibalar bilan, Ko‘zlarni tortib, Imlab, o‘zingizga Chorlab turibsiz. Sizga termilurman Kechalar bedor, Ajib qismatingiz O‘ylab qolurman. Necha asrlarga Umri poyidor Buyuk ustozlarim Yodga olurman. Ular ham siz kabi Yongan bir zamon. Yonib ado bo‘lgan Sizlardek, ammo Avlodlar yo‘lini Yoritar hamon Ular qachonlardir Taratgan ziyo.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.