Kun o‘tganda
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
KUN O‘TGANDA
Fursat degan sekundlar
Qanotida uchadir.
Kecha «bugun» bo‘lgan kun
Bugun mana «kecha»dir.
O‘n ikki shoxli daraxt
To‘kdi bitta yaprog‘in.
Shamol uchirib ketdi
Kalendarning varog‘in.
Qaytmas bo‘lib o‘tdi kun,
Yetolmaydi yugurgan.
«Kecha»dan o‘z haqini
Olib qoldi ulgurgan.
O‘tgan kundan she’r qoldi,
Ko‘k bo‘yi xirmon qoldi.
Birovga olam quvonch,
Birovga armon qoldi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish