Ona tuproq
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
ONA TUPROQ
Nega inson yerni qutlug‘ der,
Tuproqni ham sanar muqaddas?
Yo‘q, mo‘tabar emas asli yer,
Tuproq o‘zi tabarruk emas.
Dastlab o‘sha yer uzra odam
To‘kkanida halol manglay ter,
Gavhar undi ona tuproqdan,
Qutlug‘ bo‘ldi muazzam bu yer.
o‘z muborak tuprog‘in inson
Yot nazardan asrab har nafas,
Uni quchib fido etdi jon,
Qoni bilan qildi muqaddas.
Yo‘q, mo‘tabar emas asli yer,
Qutlug‘ emas tuproq hech qachon.
Muborakdir inson to‘kkan ter,
Mo‘tabardir qutlug‘ toza qon.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish