Oyga
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
OYGA
- Osmon qizi - suluv oydirman,
Ko‘k sahnida oltin yoydirman.
Tunlar fonus tutib qo‘limga
Termulaman sening yo‘lingga,
Menga kelib yetarmisan deb,
Yerga olib ketarmisan deb.
- Tun qo‘ynida porlagan oysan,
Meni imlab chorlagan oysan.
Senga borib yetganim bo‘lsin,
Yerga olib ketganim bo‘lsin.
Lekin bunda bor bir parivash,
Qarashidan dillarda otash.
Yuzi uning mohi tobondir,
Ko‘zi uning ofati jondir.
U qarshingda ko‘rsatsa chiroy,
Ko‘kka qaytib ketmaysanmi, oy?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish