Bir tomchi yosh

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

BIR TOMCHI YOSH Cho‘qqidan bir kichik tosh yumalasa, Tog‘ni qulatgudek suron qiladi. Ko‘zingdan bir tomchi yosh yumalasa, Tog‘day yuragimni vayron qiladi. Agar ko‘ksim uzra qulasa birdan, Tutmoqqa qodirman tog‘lar toshini. Hayhot, kо‘tarolmam kipriklaringdan Uzilgan bir qatra qayg‘u yoshini.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.