Xorazm qovuni

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

XORAZM QOVUNI Dasturxonda Xorazmning Qirqmasidan bir tilim, Yulduzli ko‘k sahnidagi Hilolaga o‘xshaydi. Bu qirqmalar bizga atab Sharbat to‘la limmo-lim Muqaddas yer tutgan oltin Piyolaga o‘xshaydi. Ne piyola, shu zaminim Qalbi deyman har birin, Ona-Yerning tomiriga Bandi payvand etilgan. Saxovatli Amudaryo Suvlaridan simirib, Bobodehqon qo‘llarida Oro topgan, уetilgan. Ta’riflamav mazasini, Totib kо‘ring siz bir bor, Hazoraspning boli kabi Labingizda erigay. Qirqma agar bo‘lsa arzir Toleyidan minnatdor, Unga Vatan nasib bo‘lmish Amudaryo yeriday. O‘zbek eli farzandiman, Faxrlansam arziydi Qirqmasiga bol tomizgan Dehqon bilan barobar... Bu she’r asli qovun so‘ygan Bog‘bon otam qarziydi, «Ma’qul» desa, boshim bo‘lur Osmon bilan barobar.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.