Daryo oqshomi
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
DARYO OQSHOMI
Bulutlarning etagida zar,
Amu uzra to‘r tashlar quyosh.
Daryo sokin, uxlar to‘lqinlar,
Uxlar, qo‘yib qirg‘oqlarga bosh.
Tovlanadi ufq atlasda,
Baliqchilar ovdan qaytadi.
Yelkanlarni tebratib asta
Ona daryo Alla aytadi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish