Kipriklarim
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
KIPRIKLARIM
Kipriklarim ikki saf bo‘lib,
Bir-biridan yashaydi yiroq.
Bedorligim to‘sib vasl yo‘lin,
Kipriklarim chekadi firoq.
Men tun bo‘yi toshdan gul o‘yib,
Ko‘zim yumsam tongda bemajol,
Meni asta uxlatib qo‘yib,
Kipriklarim aylarmish visol.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish