Xotira
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
XOTIRA
Do‘stim,
Xotirangdan qilma shikoyat,
Yoddan chiqarmoq ham yaxshi odatdir.
Yoddan chiqarmoq ham bir saodatdir,
Unutmaslik dardi og‘ir nihoyat.
Vaqtida unutsang,
Orom topar jon,
Qalb ko‘tarib yurmas ortiq jafoni.
Mana men,
Yillarki, bir-bevafoni
Esdan chiqarolmay kuyaman hamon.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish