Chirchiq
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
CHIRCHIQ
Olimona sochlar parishon,
Tinmay chekar,
Balki vaqti ziq.
Boshi uzra yulduzli osmon,
О‘yga cho‘mgan kimyogar Chirchiq.
o‘yga cho‘mgan, ko‘zi oldida
Jonlantirar kuni kechasin.
O‘yga cho‘mgan, u xayolida
Istiqbolning tuzar rejasin.
Olim Chirchiq o‘ylar tun bo‘yi,
Tinmay chekar,
Vaqti juda ziq.
Erta tongdan korjoma kiyib,
Ishga tushar mehnatkash Chirchiq.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish