Chashma qoshida(Xayriddin Salohga)
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
CHASHMA QOSHIDA
Xayriddin SALOHga
Qaytar edim tog‘ sayridan,
Ko‘p edim tashna.
Horg‘in edim, yo‘lda birdan
Uchradi chashma.
Jilvalanib oqar edi
Muzdek zilol suv.
Suv labidan boqar edi
Shahlo ko‘z suluv.
Yetib bordim, kuylab berdi
U sho‘x, xush ovoz.
Qiz rozini so‘ylab berdi
Qo‘lidagi soz.
U kuyladi, men tingladim,
Men kuyladim - u.
Seni mangu saqlar yodim,
Ko‘zlari ohu!
Qalbda hamon osha yoz-u
O‘sha ko‘k chashma.
O‘sha soz-u o‘sha noz-u
O‘sha karashma.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish