Chumoli
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
CHUMOLI
G‘ayrat kamarini beliga bog‘lab,
O‘zidan kattaroq cho‘pni ortmoqlab,
Manzilga tez yetmoq yolg‘iz xayoli-
So‘qmoq yo‘ldan borar Chumoli.
Atrofiga boqmas, ishlar uzun kun,
Ko‘pning xirmoniga qo‘shmoq uchun don...
Yo‘q, Odam ajdodi bo‘lmagan maymun,
Chumolidan tarqalgan inson.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish