Go‘zallik
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
GO'ZALLIK
Mulki borliq ichra bir mahal
Ko‘rksizgina olam yaralgan.
Bermoq uchun dunyoga sayqal
Olam aro odam yaralgan.
Shundan beri inson tinmayin
Shu yer uzra ter to‘kar hamon.
Yerni go‘zal qilgani sayin
Go‘zal bo‘lar o‘zi ham inson.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish