Asablar

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

ASABLAR Asablar, asablar, asablar... Sababsiz sochilgan g‘azablar, Gunohsiz chekilgan azoblar. Ko‘z yoshlar... Bariga sabablar Asablar, asablar, asablar. Asablar kimlarni qulatmas, Asablar uyquni yo‘latmas, Qalbni hech shodlikka to‘latmas, Qdamzot temirmas, po‘latmas! Asablar kimlarni qulatmas!.. Asabga so‘z bermang, odamlar, G‘azabga yo‘l bermang odamlar, Umr-ku shunchalar qisqadir, Shuni ham qilmaymiz biz qadr. Asabga so‘z bermang, odamlar, Azobga yo‘l bermang, odamlar!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.