Surat

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SURAT Qayerdadir ko‘rganman uni, Bir daqiqa bo‘lganman ulfat, Eslolmayman, ammo qay kuni, Qay daqiqa, qay dam, qay holat. Ko‘zlarida ajib muammo, Tilsiz surat boqar menga jim. E, u o‘sha... Topildi go‘yo Unut bo‘lgan bir bo‘lak umrim. Ko‘z oldimdan o‘tadi bir-bir - Allaqanday tumanli, xira - Xayolimning qay burchidadir... Yo‘qolmoqchi bo‘lgan xotira. U kunlarni tiklar xayolim, Yodga kelar barcha, barchasi... Odamlar, Siz mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.