Samarqand kechasi

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SAMARQAND KECHASI Munajjim tasbehidan to‘kilgan donalardek Osmon uzra sochilib yarqiraydi yulduzlar. Oy sham-u tegrasida uchgan parvonalardek To sahar javlon urib pirpiraydi yulduzlar. Qaddini kamon etib, yuzda tabassum izi, Kecha sukunatiga quloq tutar yangi oy. Nogahon eshitilsa chaqaloqning yig‘isi, Yana bir Ulug‘bek deb o‘ylab qoldi, hoynahoy. Samarqand yulduzlari la’limikan, durdona, Naqsh olmalar singari terib olgim keladi. Har biri so‘ylar ekan qadimdan bir afsona, Sahargacha ko‘z yummay quloq solgim keladi. Ana Hulkar - yetti qiz imlar meni yiroqdan, Oydin ko‘chalar bo‘ylab shu’lalarda oqurman. Ulug‘bek qadam qo‘ygan bu muqaddas tuproqdan, Ulug‘bek nigoh tikkan yulduzlarga boqurman. Bu kecha ko‘k ummoni mash’allarga to‘lug‘dur, Hilolga qo‘ngan yulduz suzar go‘o yelkanda. Qadimiy shahrim uzra kezaman, dilda g‘urur, Yulduz to‘la osmonni ko‘targancha yelkamda.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.