Shoir umri
1960-1990-yillar
She’r (PARODIYA)
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SHOIR UMRI
(Parodiya)
«Mana, men Lermontov yoshiga yetdim,
Bir shoir umrini yashadim chindan.
She’riyat ko‘kida tik parvoz etdim,
Parvozim balanddir uchqur lochindan».
Sayyor
«Mana, men Lermontov yoshiga yetdim,
Bir shoir umrini yashadim chindan».
Qancha qog‘ozlarning boshiga yetdim
Va lekin Lermontov chiqmadi mendan.
Do‘stlarim, ortiqcha kamtarlik nega,
Kelajak o‘n yilni kо‘rdim oldindan.
Vaqt kelar, уetarman Pushkin yoshiga,
О‘shanda Pushkin ham chiqmaydi mendan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish