16-Fevral! 1999-yil

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

16-FEVRAL 1999-YIL Bu dunyoda yaxshi, yomon kunlar ko‘rdim, o‘kinchim yo‘q, mayli, yillar qaddim egsin. Men hamon bir askaringman, ona Yurtim, Sen tomonga otilgan o‘q menga tegsin. Hali komil atolmasman makonimni, Bekam, odil sanolmasman zamonimni. Lek kiprikda saqlayman bu davronimni, Bu davronga- otilgan o‘q menga tegsin. Yurtim, olis yo‘lga chiqqan karvoning bor, Karvoningga posbon - uyg‘oq sarboning bor. El dardida halovatsiz o‘g‘loning bor, Shu insonga otilgan o‘q menga tegsin. Tong nurisan, Vatan, qalbim osmonida, Erking azal ajdodlarning armonida Mehring abad avlodlarning imonida, Shu imonga otilgan o‘q menga tegsin.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.